TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Ko‘k choy, uni har kuni iste’mol qilganda, bir qator xavfli kasalliklarda insonni saqlab qolishi mumkin deb hisoblaydi diyetolog Tatyana Ivannikova. RIA Novosti xabariga asosan.
Gap shundaki, ushbu xushbo‘y ichimlik, birinchi navbatda asabni xotirjam qiluvchi xususiyatga ega. Shu sababli stress vaziyatda ko‘p ovqat yeyishdan saqlaydi.
Ikkinchidan, ko‘k choyda ko‘p miqdorda S vitamini va katexinlar bor. Ushbu vitamin organizmni shamollashdan tezroq tuzalishiga yordam beradi.
Katexinlar — bu kuchli antioksidant xususiyati bo‘lgan organik moddalardir. Choy atrkibidagi katexinlar inson immunitetiga O‘RVI va boshqa viruslarga qarshi kurashishda yordam beradi. Shu sababli ham sovuq fasllarda ko‘k choy ichish foydali.
Undan tashqari, katexinlar kapillyar qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, saraton hujayralari ko‘payishini oldini oladi, skleroz kasali paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi", — deydi diyetolog.
Shu bilan birga, haddar tashqari ko‘p miqdorda ko‘k choy ichish ham organizmga foyda keltirmasligini ta’kidlab o‘tdi. Xususan, bosimi past bo‘lgan kishilar, jigari va ichaklarida kasallik bor kishilar ko‘k choyni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerak, dedi mutaxassis.
Ona dobavila, chto s ostorojnostyu zeleniy chay nujno upotreblyat pri ponijennom davlenii, zabolevaniyax pecheni ili kishechnika.