Kirib kelayotgan suv yo‘lbarsi yili barcha burj vakillariga har tomonlama omadli yil bo‘lishga va’da bermoqda. Shaxsiy munosabatlar ham bundan mustasno emas: ko‘p insonlarni ushbu yilda haqiqiy muhabbat kutmoqda.
2022 yilning muhabbat bashoratini astrolog Pavel Globa tuzgan.
Buzoq
Buzoq burji vakillarini kelayotgan yilda katta o‘zgarishlar kutmoqda. Ular bor energiyalarini bu yili faqat moliyaviy sohaga sarflasalarda, shaxsiy hayotda hammasi yaxshi bo‘ladi. 2022-yilda qurilgan munosabatlar esa ular uchun uzoq va mustahkam bo‘lishi mumkin.
Egizaklar
Egizaklar uchun yilning birinchi choragida katta o‘zgarishlar bo‘lmasligi mumkin, biroq may oyida uzilgan munosabatlarni qaytadan tiklashga yoki mustahkamlashga ajoyib imkoniyat paydo bo‘ladi.
Tarozi
Tarozi, boshqa munosabatlarda bo‘lgani kabi, sevgida ham juda omadli bo‘ladi. Sevimli inson bilan muloqot romantikaga boy bo‘ladi, do‘stlik va ish bo‘yicha munosabatlar esa mustahkamlanadi.
Chayon
Yangi yilda burj vakillarining shaxsiy hayoti yoqimli lahzalarga boy bo‘ladi. Aprel va noyabr oyining birinchi yarmida chayon burji vakillari bir umrlik sevgisi bilan uchrashishi yoki oila qurishi mumkin.
Tog‘ echkisi
Ular o‘zlarini yil bo‘yi baxtli va sevimli deb his qiladilar. Pozitiv va romantik lahzalar ularni deyarli yil davomida kutadi va har oy taqdir ularga sovg‘alar taqdim etadi.