Yil boshidan buyon Toshkent yo‘llarida halok bo‘lgan piyodalar soni ochiqlandi

Poytaxtda 11 oy mobaynida piyodalar ishtirokida 524 ta yo‘l-transport hodisa ro‘y bergan.
Sputnik
TOShKENT, 8 dek – Sputnik. Joriy yilning 1-yanvaridan 30-noyabriga qadar Toshkent shahrida piyodalar ishtirokida 524 ta yo‘l-transport hodisa ro‘y bergan. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) ma’lumotlari darak bermoqda.
Bu YTHlar oqibatida 32 kishi olgan jarohati tufayli hayotdan ko‘z yumgan va yana 487 kishi turli og‘irlikdagi tan jarohatini olgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, bu kabi fojialar har doim ham haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lmaydi. Ba’zida piyodaning o‘zi belgilangan qoidalarni buzib, yo‘lda kutilmagan omilga aylanmoqda.
Toshkentda “Lacetti” haydovchisi urib yuborgan piyoda vafot etdi
Shu sababli Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan profilaktik choralarga katta e’tibor qaratilmoqda.
2021 yilning 11 oyi davomida yo‘l harakati qoidalarini buzgan piyodalarga nisbatan jami 101 861 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.