Ukraina, kiberxavfsizlik, hamkorlik: Putin va Bayden nima haqida suhbatlashdi

Rossiya va AQSh yetakchilari yopiq eshiklar ortida va himoyalangan aloqa kanallari orqali bo‘lib o‘tgan muzokaralarda nimalarni muhokama qilishdi?
Sputnik
TOShKENT, 8 dek – Sputnik. Rosssiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi onlayn muzokaralar “ochiq va ishga aloqador xususiyatga” ega bo‘ldi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
Putin va Bayden suhbati ikki soatcha davom etdi. OAV faqat ikki yetakchining muloqot avvalida bir-biri bilan salomlashganini ko‘rishdi, xolos. Muzokaralar yopiq eshiklar ortida va himoyalangan aloqa kanallari orqali bo‘lib o‘tdi.
“Prezidentlar xalqaro xavfsizlik va barqarorlik ta’minlashdagi alohida javobgarlikni inobatga olib, Rossiya va AQSh muloqot va zaruriy aloqalarni davom ettirishadi degan fikrni bildirishdi”, - deyilgan xabarda.

Ukraina inqirozi

Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezidentlar muzokaralar davomida 2015-yildagi Minsk bitimlarini bajarishdan bosh tortish bilan bog‘liq ichki Ukraina muammosiga alohida e’tibor qaratishgan. Vladimir Putin Amerika tomoniga Kiyevning destruktiv xulq-atvori misollarini keltirgan Donbassga qarshi Ukraina Qurolli kuchlarining ig‘voli xatti-harakatlaridan xavotir bildirgan.
Vladimir Putin Baydenning Rossiya qo‘shinlarining ukrain chegaralari yaqinidagi “tahdidli” yurishlari haqidagi ayblovlariga javoban javobgarlikni Rossiyaga zimmasiga yuklamaslik zarurligini ta’kidlagan, zero aynan NATO ukrain hududini o‘zlashtirishga va mintaqada harbiy salohiyatni kuchaytirishga urinmoqda.
“Shu bois Rossiya sharqiy yo‘nalishda NATO kengaytirilishi va Rossiya bilan chegaradosh davlatlarda hujum qiluvchi tizimlar joylashtirilishini istisno qiluvchi ishonchli, yuridik qayd etilgan kafolatlarni olishdan manfaatdor”, - deyiladi Kreml xabarida.
Putin va Bayden o‘z vakillariga bu masalalar yuzasidan maslahatlashuv o‘tkazishni topshirishga kelishib olishgan.

Ikki tomonlama munosabatlar

Prezidentlar Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar tarangligini ham muhokama qilishgan. Xususan, Vladimir Putin amerikalik hamkasbiga diplomatik muassasalar ishiga qo‘yilgan cheklovlardan voz kechishni taklif qilgan. Bu ikki tomonlama munosabatlarning yaxshilashga xizmat qilishi mumkin bo‘lardi.
Yozda Jenevada bo‘lib o‘tgan Rossiya-Amerika sammiti kelishuvlarini amalga oshirish haqida to‘xtatilib, yetakchilar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil bajarish va ikki mamlakat o‘rtasidagi yuzaga kelayotgan masalalarni ko‘rib chiqishda “Jeneva kayfiyatini” saqlash muhimligini qayd etishdi.

Boshqa masalalar

Muzokaralar chog‘ida axborot xavfsizligi sohasidagi hamkorlik ham chetda qolmadi. Putin va Bayden kiber jinoyatga qarshi kurashishda jinoiy-protsessual va tezkor-texnik yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyorliklarini bildirishdi.
Rossiya prezidenti Eron yadroviy dasturiga to‘xtalib, Qo‘shma keng qamrovli harakat rejasi harakati avval muvofiqlashtirilgan doirada bajarilishi zarurligini ta’kidladi.
“Yetakchilar bu masala yuzasidan noyabr oxirida Veneda qayta boshlangan muzokaralar v konstruktiv ruhda o‘tishiga va barcha ishtirokchilar uchun maqbul qaror qabul qilishga imkon berishiga umid bildirishdi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya va AQSh yetakchilari xalqaro xavfsizlik va barqarorlik ta’minlashdagi alohida javobgarlikni inobatga olib, mamlakatlar muloqot va zaruriy aloqalarni davom ettirishlarini ta’kidlashdi.
Oldinda uzoq suhbat turibdi: Putin va Bayden aslida nimani hal qilishadi