TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mahalliy biznesning qo‘shni davlatlar bozorlariga chiqishi uchun zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish haqida gapirdi. Bu haqda Qozog‘iston prezident matbuot xizmati xabar qildi.
"”Xorgos” xalqaro transchegaraviy hamkorlik markazi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ishlar doirasida yana to‘rtta transchegaraviy xab qurish rejalashtirilgan: ikkita - Rossiya bilan chegarada, bittadan - O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegarada. Bu tranzaksiya xarajatlarini kamaytiradi, transport logistikasi samaradorligini oshiradi va natijada eksport hajmimizni oshiradi”, - dedi Toqayev “Oltin sapa” va “Pariz” mukofotlari g‘oliblarini taqdirlash marosimida.
Prezident o‘z nutqida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, zamonaviy sifat tizimlarini joriy etish muhimligini ta’kidladi.
"Korxonalarda biznes-jarayonlarning diagnostikasi ushbu sohadagi jahon tendensiyalariga mos kelishi kerak. Bu birinchi navbatda raqamlashtirish va Sanoat 4.0 elementlaridan foydalanish haqida bormoqda. Shu munosabat bilan "Oltin sapa" tanlovi talablarini bosqichma-bosqich yangi talablarga muvofiqlashtirish kerak”, — deb qo‘shimcha qildi Qosim-Jomart Toqayev.