Hindiston va Rossiya harbiy hamkorlik bo‘yicha qator shartnomalar imzoladi

Hindiston Rossiya bilan harbiy hamkorlik bo‘yicha qator shartnomalarni imzoladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Hindiston Rossiya bilan harbiy hamkorlik bo‘yicha qator shartnomalarni imzoladi, bu haqda Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan uchrashuvdan so‘ng o‘zining Twitter’dagi mikroblogida ma’lum qildi.
“O‘q otish qurollari va harbiy hamkorlik bo‘yicha bir qator bitimlar/shartnomalar/protokollar imzolanganidan mamnunman”, - deb yozdi Singx.
Hindiston mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mudofaa sohasida hamkorlik bo‘yicha muzokaralar samarali va mazmunli bo‘ldi. Singx, shuningdek, Hindiston Rossiya bilan strategik sheriklikni qadrlashini qayd etdi.
Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri general Sergey Shoygu Nyu-Dehlidagi Sushma Svaraj saroyida Hindiston mudofaa vaziri Rajnat Singx bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Tashrif doirasida ular Rossiya va Hindiston tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Subramanjam Jayshankar bilan “2+2” formatidagi uchrashuvda ishtirok etadilar.
Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, ikki davlat tashqi siyosat va mudofaa davlat tuzilmalari rahbarlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Markaziy Osiyodagi vaziyat, Afg‘oniston va Suriyadagi vaziyatni tartibga solish, shuningdek, bu borada Shanxay hamkorlik tashkiloti platformasi va Rossiya-Hindiston-Xitoy formatida hamkorlikni muhokama qiladilar.