TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, A.T. Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokurori lavozimida ishlagan paytida, 2020-yil oktabr oylarida o‘ziga tanish bo‘lgan qurilish korxonasi rahbari D.A.ni Olmaliq shahridagi 11-sonli yotoqxonani rekonstruksiya qilish bo‘yicha qonuniy o‘tkazilgan tenderda qurilish korxonasi go‘yoki uning yordami bilan g‘olib chiqqanligiga ishontirgan va moddiy rag‘bat talab qilib kelgan.
Shundan so‘ng, hozirda Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan va joriy yil 22-noyabrdan mehnat ta’tilida bo‘lgan A.T. joriy yil 5-dekabr kuni soat 22 larda Mirobod tumanida joylashgan "Mustafo" restoranida D.A.dan go‘yoki tenderda yutishiga yordam qilganligi uchun 29 ming AQSh dollarini olganida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bosh prokuratura tomonidan A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlandi.