TOShKENT, 3 dek - Sputnik. Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 2023-yilda bo‘lib o‘tadigan 25-sessiyasi Samarqandda bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Bu haqida ayni damda Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘tayotgan UNWTOning 24-sessiya doirasida ma’lum bo‘ldi. Ushbu tadbirdagi ovoz berish yakunlariga ko‘ra, nufuzli anjumanni o‘tkazish joyi sifatida Samarqand shahri tanlandi, deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, tashkilotning 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekistonning UNWTOdagi doimiy vakili Jahongir G‘aniyev 2023-yilda bo‘lib o‘tadigan UNWTO Bosh assambleyasining 25-umumjahon anjumanini Samarqandda o‘tkazishni taklif qilgani haqida xabar bergan edik. G‘aniyev aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati tomonida Samarqandda zamonaviy infratuzilma yaratish, logistka masalalari hamda turizm sektorini rivojlantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.