Qishloq xo‘jaligi sohasida vazni 100 kilogacha bo‘lgan dronlardan foydalanishga ruxsat beriladi

Vazirlar Mahkamasi tegishli farmonni qabul qildi. “Davlat va fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish moslamalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablari o‘zgartirildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 dek – Sputnik. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida og‘irligi 100 kilogacha bo‘lgan dronlardan foydalanishga ruxsat berildi. Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoni qabul qilindi, deb xabar qildi Norma.uz.
Dronlar yordam berishadi: Toshkentda Markaziy Osiyo FVV rahbarlari nimalarni muhokama qilishdi
Ta’kidlanishicha, respublika davlat va fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish moslamalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari o‘zgargan. Xususan, uchish moslamalarining vazni 25 kgdan og‘ir bo‘lmasligi kerak. Qishloq xo‘jaligi faoliyati uchun mo‘ljallangan dronlar bundan mustasno. Bunday dronlar uchish uchun maksimal ruxsat etilgan og‘irlik 100 kg.
Shu yil fevral oyidan O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida yerlarni nazorat qilish va ekinlarni monitoring qilish uchun dronlardan foydalanish boshlangan edi. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ushbu chora ilk bor Jizzax viloyatida amalga oshirildi. “Jizzax Organic” kompaniyasi O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi agentligidan uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarishga ruxsat oldi.