O‘zbekiston va YeOII

O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lsa, migrantlar qanday imtiyozlarga ega bo‘ladi – ro‘yxat

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Mehnat migratsiyasi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish departamenti direktori Oltinay Omurbekova O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilsa, respublikadan kelgan migrantlar qanday imtiyozlarga ega bo‘lishi haqida aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Yangi hujjatlar qabul qilingandan keyin Rossiyadagi mehnat migrantlari hayotida nima o‘zgaradi. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) Mehnat migratsiyasi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish departamenti direktori Oltinay Omurbekova O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilsa, respublikadan kelgan migrantlar qanday imtiyozlarga ega bo‘lishi haqida aytdi.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va YeOII: Qo‘chqorov hamkorlikning eng ustuvor yo‘nalishlari haqida
Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar YeOIIga a’zo bo‘lgan "beshlik"dan tashrif buyuruvchilarga tegishli bo‘lgan barcha imtiyozlarga ega bo‘lishadi.
Omurbekova ulardan eng muhimlarini sanab berdi:
Milliy mehnat bozorini himoya qilish bo‘yicha kvotalar bo‘lmasligi, Rossiyada ish beruvchi chet el fuqarolarini kvota bo‘yicha ishlashga jalb qilish uchun ruxsatnoma olish tartibi joriy etilgan.
Ta’lim olganlik haqida hujjatlari avtomatik ravishda tan olinadi, 4ta mutaxassislikdan tashqari - farmatsevtika, tibbiyot, yuridik va pedagogika. Oxirgi ikkitasi bo‘yicha o‘zgartirishlar YeOII to‘g‘risidagi bitimga qo‘shichalar kiritish to‘g‘risida hujjat tayyorlandi. Ehtimol, ular yil oxirigacha qabul qilinadi.
Mehnat qobiliyatini yo‘qotish holatida majburiy sug‘urta. Ishchilar qabul qiluvchi davlat fuqarolari kabi barcha ijtimoiy himoya xizmatlaridan, jumladan, migrantlar va ularning oila a’zolariga bepul shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.