“Sputnik Layt” va burunga sepiladigan vaksinani bir vaqtning o‘zida olish mumkinmi

Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg “Sputnik Layt” va burunga sepiladigan vaksinani birgalikda qo‘llashni baholadi.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Koronavirusga qarshi “Sputnik Layt” va burunga sepiladigan vaksina bilan bir vaqtning o‘zida emlanish mumkin. Bu haqda N.F.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi.
“Buning organizm uchun zarari yo‘q”, - dedi Ginsburg. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Oktabr o‘rtalarida Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi burunga sepiladigan sprey ko‘rinishidagi SPRAY 08-Gam-KOVID-Vak-2021 vaksinasining klinik sinovlarini o‘tkazishga ruxsat bergan edi. Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg bu vaksinaning hech qanday nojo‘ya ta’sirlari qayd etilmaganini ma’lum qildi.
Noyabr oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvaliga “Sputnik Layt”, bir necha kun o‘tib esa burunga sepiladigan vaksina bilan qayta emlandi.
Toshkent viloyatida “Sputnik Layt” vaksinasidan buster doza sifatida foydalanilmoqda