Valyutani noqonuniy sotib olish va sotganlik uchun jazo yengillashtirildi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekka tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 dek – Sputnik. O‘zbekistonda valyuta boyliklarini noqonuniy olish yoki o‘tkazganlik uchun jazo choralari yengillashtirildi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev 30-noyabr kuni imzolagan qonundan ma’lum bo‘ldi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish valyuta boyliklari musodara qilingan holda 15 sutkagacha (oldin to‘liq 15 sutka) ma’muriy qamoq jazosiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha (oldin 20 BHM) jarima qo‘llaniladi.
O‘zgarishlar 1-dekabrdan boshlab kuchga kiradi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 18-oktabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 19-noyabrda ma’qullangan edi.
Tovarlar narxlarini chet-el valyutalariga bog‘lash mumkin bo‘ldi