Shirintomoqlar uchun desert: sifatli shokoladni qanday tanlash mumkin

Ushbu mahsulotning sifatlisini tanlash uchun ekspert o‘ramdagi yo‘riqnomani yaxshilab o‘qib chiqishni tavsiya qiladi. Ma’lumki, shokolad kakao va shakardan tayyorlangan mahsulotdir.
Sputnik
TOShKENT, 1 dek - Sputnik. Yaxshi shokolad doimo og‘izga tushishi bilanoq erib ketadi, chunki uning erish temperaturasi odam tanasi temperaturasi (35-37 gradus) bilan bir xil bo‘ladi. Bu haqda "Barry Callebaut" kompaniyasining mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i Yekaterina Loginova “Praym” agentligiga ma’lum qildi.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, haqiqiy shokolad muzlatgichda yomon saqlangandagina og‘izda sekin eriydi.
Mutaxassis, shuningdek, mazkur mahsulotning sifatlisini tanlashda o‘ramdagi yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqishni tavsiya qiladi. Ma’lumki, shokolad kakao va shakardan tayyorlangan mahsulot. Sifatli shokolad tarkibida albatta kakao mahsuloti qoldig‘ining kamida 35 foizi hamda kakao moyining kamida 18 foizi va kakao mahsulotlarining yog‘siz quruq qoldig‘ining 14 foizi bo‘lishi kerak.
Loginovaning ta’kidlashicha, haqiqiy shokoladni oddiy qandolat mahsulotidan ajratib olish uchun uni eritib ko‘rish va keyin u xona haroratida qanday sovushini kuzatish yo‘li bilangina aniqlash mumkin.
"Haqiqiy shokolad haroratsiz qotib qolganda bir xil massaga qotib qolmaydi, balki yumshoq bo‘lib qoladi. Bir muncha vaqt o‘tgach, u sirtdan qattiqlasha boshlaydi, so‘ngra butun tuzilishda qo‘shimcha-kristallar paydo bo‘ladi", - deydi mutaxassis.
Uning fikriga ko‘ra, agar siz kakao moyi o‘rnini bosuvchi moddalar asosida tayyorlangan shokoladni suv hammomida eritib yuborsangiz, u bir hil tuzilish bilan qotib qoladi. Bunday moddalar polimorfizmga ega bo‘lmagani uchun kristallanish va kul rang paydo bo‘lmaydi.
Nima uchun har kuni karam iste’mol qilish kerak