Migrantlar ishlaydigan sohalarda maoshlar oshmoqda - Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri

Reshetnikovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada migrantlar maoshlarni oshirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasida migrantlar maoshlarni oshirmoqda. Bu haqda Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov "VTB kapital" "Rossiya chorlaydi!"forumida aytdi.
Migrantlar va ish beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat: ishchi guruh Vazmaga yetib keldi
“Biz eng ko‘p migrantlar ishlaydigan sohalarda ish haqi o‘sishini ko‘rmoqdamiz va shunga mos ravishda ishchi kuchining yetishmasligi sezilmoqda”, dedi u.
Ilgari eng kam maosh aynan shu sohalarda, masalan, qishloq xo‘jaligi va qurilishda aniqlangan. Biroq, hozir vaziyat yaxshilanmoqda.
Iqtisodiyot vazirining so‘zlariga ko‘ra, xodimlarning qariyb 15 foizi eng kam ish haqidan (MROT) past ish haqi oladi, 2021-yilda 12 792 rublni tashkil etdi. 2022-yilda uni 13 890 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Rossiyada mehnat unumdorligini oshirish, jumladan, davlat sektorida ham "katta salohiyat" mavjud, dedi Reshetnikov.