Toshkentda ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi

Bu avtobuslarda yo‘lkira narxi 3000 ming so‘m etib belgilanishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya – Sputnik. Toshkent shahrida yangi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt transport boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 20,5 kilometr masofali ushbu yo‘nalish 4 ta jadval asosida 23 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi.
Avtobus Chilonzor buyum bozori avtoshohbekatidan Bunyodkor, Furqat, Sebzor, Ahmad Donish ko‘chalari orqali Toshkent halqa avtomobil yo‘lida joylashgan Uchqahramon bozori yaqinidan qayrilib olib, Yunusobod mavzesi 12-daha oxirgi bekatiga qadar yo‘lovchi oqimi gavjum katta oraliq bekatlarda to‘xtab harakatlanadi.
Yo‘lkira narxi 3000 ming so‘m etib belgilanishi kutilmoqda.
Hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi