TOShKENT, 30 noya — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi mas’ullar va “Gazmprobank” AJning Aleksey Matveyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
“Gazprombank” AJ bilan hamkorlik doirasida strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qariyb 1,1 milliard dollar miqdorida bank krediti jalb qilingan. Uchrashuvda “O‘zbekneftgaz” AJ loyihalarni moliyalashtirish istiqbollari va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Dunyodagi yirik korxonalar ro‘yxatida (yo‘nalishi bo‘yicha) 6-o‘rinda e’tirof etiladigan “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish maqsadida Xitoy, Rossiya va Koreya banklaridan 2,3 mlrd dollar miqdorida kredit mablag‘lari, jumladan, “Gazprombank” dan olingan kreditlar – 120 mln dollarni tashkil etadi.
“Gazprombank” moliyaviy maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatdi: u loyihaning moliyaviy modelini tanlashda muhim rol o‘ynagan, Xitoy va Koreya banklari bilan muzokaralarda va kredit shartnomalarini tuzishda faol ishtirok etdi.
GTL loyihasining mantiqiy davomiga aylangan “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi” doirasida 280 ming tonna poliyetilen, 100 ming tonna polipropilen va 50 ming tonna pirol distillatni ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish uchun 430 ming tonna miqdorida sintetik nafta qayta ishlanadi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha yangi istiqbolli gaz-kimyo loyihalari, shartnomalarni bank tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish, shuningdek, ushbu sohadagi tajribani o‘rganish bo‘yicha hamkorlik nuqtayi nazaridan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini o‘rganish, zarur ma’lumotlar almashishga qaror qilindi.