TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Moskva metrosi yo‘lovchilari eng ko‘p O‘zbekiston, Armaniston, Qirg‘iziston, Belarus va Sloveniyaga qo‘ng‘iroq qilishadi. Bu haqda RIA Novosti MTS kompaniyasi taqdim etgan tadqiqot ma’lumotlariga asosan xabar qildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xalqaro rouming qo‘ng‘iroqlarining qariyb 90 foizi bu davlatlarga to‘g‘ri keladi.
“Metro foydalanuvchilari tomonidan amalga oshirilgan xalqaro rouming qo‘ng‘iroqlarining qariyb 90 foizi O‘zbekiston, Armaniston, Qirg‘iziston, Belarus va Sloveniyaga to‘g‘ri keladi. MTS abonentlari metrodan Bolgariya, Gretsiya, Italiya, Turkiya va Kiprga qo‘ng‘iroq qilishadi. Moskva metropoliten yo‘lovchilari Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va AQShga deyarli qo‘ng‘iroq qilishmadi", - deyilgan xabarda.
Tahlillarga ko‘ra, Rossiyada telefon qo‘ng‘iroqlarining o‘rtacha davomiyligi 1,5 daqiqa, xorijdagi qo‘ng‘iroqlar esa qisqaroq - o‘rtacha 35 soniya. Statistika ma’lumotlarida uchta alohida holat mavjud - Avstriya va Armanistonga qo‘ng‘iroqlarning davomiyligi o‘rtacha besh daqiqa, yo‘lovchilar esa Italiya bilan o‘rtacha 10 daqiqagacha gaplashdi.