TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Ish beruvchi va mehnat migrantlari o‘rtasida yuzaga kelgani ziddiyatli vaziyatga oydinlik kiritish uchun ishchi guruh Vazma shahriga ketib bordi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.
V Vazmu pribila rabochaya gruppa dlya izucheniya situatsii, voznikshey mejdu trudovimi migrantami i kompaniyey OOO "Konstanta".
Rossiya Federatsiyasi Smolensk viloyati Vazma shahrida joylashgan “Konstanta” MChJda ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari murojaatiga ko‘ra, ular va ish beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyat haqida xabar qilingan edi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vaziyatga yanada oydinlik kiritish va aniqlangan muammolarni ish beruvchi bilan bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyatidan iborat ishchi guruh Vazma shahriga yetib bordi.
Ishchi guruh fuqarolar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, ish beruvchi tashkilot rahbari bilan tashkil etilgan muzokarada fuqarolar tomonidan bildirilgan e’tirozlar, xususan, pasportlarining olib qo‘yilishi, patentlarning o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagani va maoshlarining kechiktirilgani kabilarning sabablari hamda ularning yechimini topish masalalari muhokama qilindi.
“Konstanta” MChJda ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari murojaatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.