TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasida Mehribonlik uylari yopildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi M.Rahmatullayev Bolalar uyidan besh nafar tarbiyalanuvchilarni o‘z qaramog‘iga olgan. Qoraqolpog‘istonda Xo‘jayli tuman IIB profilaktika inspektori A.Atamurodov o‘z oilasiga 5 nafar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini qabul qilgan.
Shuningdek, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida istiqomat qiluvchi Ahmedovlar oilasi ham Bolalar shaharchasidan 6 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga olgan. Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatida bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida 21 nafar tarbiyalanuvchilar o‘z oilasiga ega bo‘lishdi.
V Xorezmskoy oblasti i respublike Karakalpakstan zakrilis doma “Miloserdiya”
© Press-slujba Nasgvardii Uzbekistana
“Shuni alohida ta’kidlash joizki, bolajon halqimizning ezgulik yo‘lidagi say’-harakatlari natijasida Xorazm viloyati va Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi Mehribonlik uylari eshiklari butkul yopildi”, - deyilgan xabarda.
Xabarda shu kungacha Navoiy, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi Mehribonlik uylari o‘z faoliyatlarini yakunlagani qo‘shimcha qilingan.
Avvalroq prezident qarori bilan Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylari Milliy gvardiyaga biriktirilgan edi.