TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekistonning “Qanot Sharq” birinchi xususiy aviakompaniyasi Toshkent va Voronej o‘rtasida charter reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Voronej xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, parvozlarni Airbus A320 (174 o‘rinli) samolyotlarida bajarish rejalashtirilmoqda.
Birinchi reys 2021-yil 1-dekabr kuni amalga oshirilishi kutilmoqda. Parvozning boshqa kunlardagi jadvali muvofiqlashtirish bosqichida.
Oktabrda “Qanot Sharq” Moskva va Sochiga parvozlarni boshlagan edi. Bundan tashqari, Toshkent-Kiyev yo‘nalishida ham parvozlarni bajarmoqda.