TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Janubiy afrikalik shifokor Anjelik Kutze koronavirusning omikron shtammi belgilarini sabab o‘tdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda uning JAR poytaxti Pretoriyadagi COVID-19 bilan kasallangan bemorlari orasida qattiq charchoqdan shikoyat qilayotgan yoshlar paydo bo‘lgan. Ulardan hech biri ta’m yoki hidning yo‘qolishi yoki o‘zgarishidan shikoyat qilishmagan. Shuningdek, Kutze tomir urishi tezlashgan va isitmasi yuqori bo‘lgan olti yoshli bilan bog‘liq holatni yodga olgan.
“Ularning belgilari men ilgari duch kelganlardan g‘oyat farq qilardi, yengil shaklda namoyon bo‘lardi”, - dedi shifokor “The Telegraph” nashri bilan suhbatda.
Kutze o‘nlab shunga o‘xshash alomatlari bo‘lgan bemorlarni qabul qilgani va ularda kovid tasdiqlanganini aytgan. Ularning deyarli bari sog‘lom erkaklar bo‘lgan. Yarmi emlanmagan bo‘lgan.
U 18-noyabr kuni o‘zining oila a’zolarining to‘rt nafarida kuzatilgan koronavirus uchun xos bo‘lmagan alomatlarga e’tibor qaratgan. Ularning kovidga topshirgan testi musbat chiqqan, shu bilan birga ular o‘zlarini juda horg‘in his qilishgan.
Shundan keyin Kutze birinchilardan bo‘lib JAR hukumatini mamlakatda yangi shtamm tarqalayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
U emlanmagan keksa odamlarda omikron shtammi kasallikning og‘ir shakliga olib kelishidan havotirda, ayniqsa, surunkali kasalliklar (qandli diabet va yurak yetishmovchiligi) mavjud bo‘lganda.