"Mashina beton to‘siqqa urildi": 3 nafar manzil koloniya xodimi YTHda halok bo‘ldi

Uch nafar jazoni ijro etish xizmati xodimi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Uch nafar jazoni ijro etish xizmati xodimi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi, deb xabar qildi IIV JIED axborot xizmati.
Navoiyda chang tufayli YTH sodir bo‘ldi
26 noyabr kuni soat 00.10larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hududidan o‘tuvchi A-380 "G‘uzor-Buxoro-Nukus-Buyneu" avtomobil yo‘lining 708 kilometrida jazoni ijro etish xizmati xodimi I.I xizmat joyidan yashash xonadoniga qaytayotgan vaqtda o‘ziga tegishli bo‘lgan "Cobalt" avtomashinasini boshqarayotib, qarama-qarshi tomonlarni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir etdi.
Hodisa oqibatida transport vositasida bo‘lgan jazoni ijro etish muassasasi xodimlari M.X hamda X.X lar og‘ir tan jarohati olib voqea joyida, I.I esa ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan Xo‘jayli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etdi.
Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.