TOShKENT, 24 noya — Sputnik. “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon ho‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan fermerlar va klasterlarning past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydoni 2022-2025 yillarda zaxiraga qaytariladi.
Zaxiraga qaytarilgan yerlar sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.
Ijaraga berishda dehchonchilikda yaxshi natijalarga erishgan, mutaxassislikka ega, “daftar”larga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga ustunlik beriladi.
100 mln dollar pul banklarga milliy valyutada 3-yil imtiyozli davr bilan 10-yilga 10 foiz stavkada joylashtiriladi.
Kreditlar dehqon va fermerlarga:
100 mln so‘mgacha 14% stavkada;
kichik intensiv bog‘ va uzumchilikka 3-yilgacha imtiyozli davr bilan 7-yilgacha, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka va sabzavotchilikka 3 oygacha imtiyozli davr bilan 2-yilgacha ajratiladi.
Kreditlar yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilari yozma tavsiyasiga asosan beriladi.