Ikkita zapravka 100 ming xonadonga yetadigan gazni o‘g‘irlagani aniqlandi

Toshkent viloyatida 100 ming xonadonning 1 kunlik iste’moliga teng miqdordagi gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Toshkent viloyatida 100 ming xonadonning 1 kunlik iste’moliga teng miqdordagi gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Energetika vazirligi shtabi 17-noyabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan “SHIRINA PETROL” MChJ va Toshkent tumanida joylashgan “CLEAN GAS SERVICE” MChJlarga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazdi.
Gaz “zapravka”larda vaqtinchalik cheklov joriy etiladi
O‘rganish davomida 2 ta “tadbirkor” 1 mln 635 ming kub metr yoki bugungi kunda 100 mingta aholi xonadonlarining bir kunlik iste’moliga yetadigan gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.
Xususan, “SHIRINA PETROL” MChJda elektron gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatish imkoni bo‘lganligi va o‘tkazilgan eksperiment davomida konfiguratsiya sozlamasi texnologik yo‘riqnomalar talabiga mos emasligi sababli qayta hisob-kitob qilinishi natijasida 1 mlrd 274 mln 700 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.
“CLEAN GAS SERVICE” MChJ shartnoma hujjatlaridan tashqari 1 dona kompressor uskuna ortiqcha o‘rnatilganligi sababli amalga oshirilgan qayta hisob-kitob natijasida 360,5 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Tekshiruv hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.