TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Moskva qurilishlarida shahar davlat buyurtmasi doirasida migrantlar soni ikki baravardan ko‘proq kamaydi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobanin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya va migrantlar oqimi kamayganiga qaramasdan Moskvadagi turar-joy qurilishi hajmi 2016-yilga qaraganda ikki baravarga oshgan.
“Moskva shahri qurilishi maydonlarida migrantlar soni, har holda shahar buyurtmasi doirasida, ikki baravardan ko‘proq kamaydi”, - dedi Sobanin “Rossiya 1” telekanali efirida.
Shahar meri bu yaxshi natija ekanini ta’kidladi.
Avvalroq Sergey Sobanin Moskvada renovatsiya dasturi bo‘yicha qurilishlarda migrantlar soni kam bo‘lishi kerakligini ma’lum qilgandi.