TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Rossiyaga Qobulda qanday hukumat kerak degan savolga Rossiya TIVining Ikkchi Osiyo bo‘limi boshlig‘i, Afg‘oniston bo‘yicha Rossiya prezidentining maxsus vakili Zamir Kabulov javob berdi. Sputnik Afg‘oniston "Rossiya 24" telekanali xabriga asosan.
“Rossiya Afg‘onistonda qator iqtisodiy loyihalarda ishtirok etishga tayyor, lekin bu asosiysi emas, Rossiyaga Afg‘onistonda mustaqil, o‘z fikriga ega bo‘lgan va Rossiyaga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lgan hukumat kerak”, - dedi Zamir Qobulov.
Shuningdek, Rossiya TIV vakili Tolibonni tanqid qilish kerak emasligini va ular davlatni boshqarishni endi o‘rganayotganini borasida fikr bildirdi.
"Tolibonni davlat boshqaruvida tajribasi yo‘qlikda ayblab tanqid qilish kerak emas, axir ularning davlat boshqaruvida tajribasi yo‘q. Ular 20-yil davomida urush olib borishdi. Ulardan oldin Amerika tomonidan tayinlangan ma’muriyat ham buning uddasidan chiqmadi", - dedi Qobulov.
Shunday ekan, Tolibon* davlatni boshqarish qo‘lidan keladiganlarga topshirsa nima bo‘ladi?
Ushbu mavzuda Tolibon* bilan kengaytirilgan uchlik davlatlari (Rossiya, AQSh, Xitoy va Pokiston) olib bormoqda. Ularni barcha etnik va siyosiy kuchlar vakillari yordamida mamlakatni tiklashga ko‘ndirishga harakat qilishmoqda.
Zamir Qobulov aytishiga ko‘ra, Tolibon* hukumat boshiga kelganiga bor-yo‘g‘i 3 oy bo‘ldi. Shuning uchun ular hokimiyatni hech kim bilan “bo‘lishishni” istashmayapti. Buni ham “tushunsa bo‘ladi”.
Lekin bu yerda javobgarlik masalasi ham bor. Nafaqat davlat uchun balkim o‘z xavfsizligi uchun ham. Agar toliblarda o‘zini-o‘zi asrab qolish instinkti bo‘lsa – ular bizning taklifimizga oxiri rozi bo‘ladi, - deydi Qobulov.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Rossiya TIVi Tolibon* boshqaruvi ostidagi Afg‘onistonga sobiq siyosiy va etnik rahbarlardan ayrimlarining qaytishiga umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun, qish tobora yaqinlashib kelarkan, Afg‘oniston gumanitar inqiroz yoqasiga yaqinlashmoqda. Xususan ushbu mamlakatda 18 million kishi qishda oziq-ovqat va issiqlik yetishmasligidan aziyat chekishi kutilmoqda. Xalqaro “Qizil xoch” jamiyati rahbari Peter Mayer aytishiga ko‘ra, “Afg‘onistonga qancha insonparvarlik yoradmi jo‘natilmasin – u davlat boshqaruvining o‘rnini bosa olmaydi”.
* Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan tashkilot