TOShKENT, 19 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Rossiyaga jo‘nab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Oliy darajadagi muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Malumot uchun O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi uzoq vaqtdan beri kutilayotgan edi. 18-noyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan ikki davlat TIV rahbarlari uchrashuvida Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov tomonlarning Oliy darajadagi uchrashuvga tayyorlik darajasi yuqori ekanini mamnuniyat bilan qayd etishdi.