Putin va Mirziyoyev 18ta ikki tomonlama hujjat imzoladi

Rossiya va O‘zbekiston axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonot qabul qildi.
Sputnik
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qabul qildilar.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif doirasida jami 18ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.
Putin Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik istiqbollarini baholadi
Rossiya tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga ko‘maklashish borasidagi muhim sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.
Davlat rahbarlari BMT, MDH, ShHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdilar.
Samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan suhbat yakunida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida qat’iy ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.