TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Moskva va Toshkent hamkorligi O‘zbekiston fuqarolarining farovonligini oshirishga yordam beradi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorligimiz O‘zbekistonning imkoniyatlari o‘sishi, mamlakat fuqarolarining farovonligini oshirishga xizmat qilishiga aminman”, - dedi Rossiya yetakchisi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida.
"O‘zbekiston shunchaki eng yaqin qo‘shnimiz emas, balki ittifoqchi hamdir – biz O‘zbekistonga aynan shunday munosabatda bo‘lamiz. Tarixan ham, bugungi kunda ham ko‘p narsa bilan bizni bog‘laydigan yirik mintaqaviy davlat", - dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston umumiy savdo aylanmasining 18 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Savdo aylanmasi o‘sib bormoqda: pandemiyaga qaramay, o‘tgan yili u 15 foizdan ortiq o‘sdi.
"Bu juda yaxshi ko‘rsatkich, hatto og‘ir paytlarda ham biz o‘zaro aloqadamiz va muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqdamiz", - deb qo‘shimcha qildi RF yetakchisi.
"Rossiya tomonidan yaxshi miqdorda investitsiyalar - 10 milliard dollardan ortiq. Qiziqarli loyihalar mavjud bo‘lib, bugungi kunda ham mintaqaviy, ham davlatlararo miqyosda - barcha yo‘nalishlarda ishlar davom etmoqda. Bu iqtisodiyot, gumanitar aloqalar va transport infratuzilmasiga taalluqli", - dedi Vladimir Putin.