TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bayonotiga ko‘ra, birja savdolariga qo‘yilgan AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 129 ming so‘mdan 9 365 ming so‘mga tushib, 8 foizga arzonlashdi.
Birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 3,5 barobarga oshdi (32 tadan 112 taga).
Neftni qayta ishlash korxonalari tomonidan 2021-yil 17-noyabrdan boshlab birja savdolariga qo‘yiladigan kunlik umumiy avtomobil benzini hajmining kamida 20 foizini 1 tonnalik lotlarda qo‘yildi.
Birja savdolariga qo‘yilayotgan avtomobil benzini xaridorlariga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida, bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan mahsulot hajmlarining maksimal miqdorini 60 tonnalik lotlar bo‘yicha 120 tonna hamda 1 tonnalik lotlar bo‘yicha 10 tonna miqdorida (limit) belgilandi;
Birja savdolariga qo‘yilayotgan avtomobil benzinini kunlik qo‘yiladigan hajmlari oshirildi.