Rossiyadan O‘zbekistonga birinchi “Agroekspress” yo‘lga chiqdi – u nima olib kelmoqda?

Rossiyadan O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqqan birinchi “Agroekspress” nimalar olib kelmoqda, ushbu loyihaning maqsadi va kelajakdagi istiqbollari haqida maqolamizda tanishing.
Sputnik
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston orasida birinchi “Agroekspress” dushanba kuni yo‘lga chiqdi, deb xabar qildi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi maksim Reshetnikov.
Yangi temir yo‘l transporti ikki davlat orasida tezlashtirilgan tartibda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berishni nazarda tutadi.
“Dushanba kuni birinchi sostav Rossiya mahsulotlari bilan O‘zbkistonga qarab yo‘l oldi. Noyabr oxirida uning ho‘l mevalar bilan ortga qaytishini kutmoqdamiz”, - dedi Reshetnikov Moskvada bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston – Rossiya forumida.
Rossiya vazirining so‘zlariga ko‘ra “Agroekspress” loyihasi Rossiya Eksport markazi, Rossiya Temir yo‘llari ko‘magida amalga oshirilmoqda. Loyihaga O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston temir yo‘l kompaniyalari integratsiya qilingan.
“Agroekspress”ning maqsadi – 2030-yilga qadar Rossiya va O‘zbekiston orasida temir yo‘l transporti orqali tovarlar almashinuvini 1 million tonnaga yetkazishdir.
“Ushbu loiyha ortida nafaqat mamlakatlarimiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, balkim muayan hududlarni rivojlantirish vazifasi ham turibdi”, - dedi Reshetnikov.
“Agroekspress” loyihasini amalga oshirish doirasida dastlab hukumatlar orasida yo‘nalish belgilanadi, keyin alohida hududlar uchun logistika va taqsimot markazlari quriladi. Shundan so‘ng imkon qadar ko‘proq yetkazib beruvchilar zanjirini jalb etish va mahsulot almashuv hajmini oshirib borish rejalashtirilgan.
Kelajakda "Agroekspress" loyihasi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tezkor yetkazib berish bo‘yicha Xitoy, Turkiya va MDH davlatlarini bir-biri bilan bog‘lashi rejalashtirilmoqda.
Rossiya "Agroekspress"lari O‘zbekistonga "yashil yo‘lak"dan kirib boradi
Birinchi "Agroekspress"O‘zbekistonga nima olib bormoqda?
Birinchi “Agroekspress” 15-noyabr kuni yo‘lga chiqqan edi. U O‘zbekistonga muzlatilgan tovuq go‘shti olib bormoqda. Go‘sht ishlab chiqaruvchisi Rossiyaning yetakchi eksport kompaniyalaridan biri - “Resurs” guruhidir. Mahsulot vagon-refrijeratorlarda olib borilmoqda. Tezurar poyezd Tambov shahridagi “Sna” stansiyasidan Toshkentdagi “Sergeli” stansiyasigacha boradi.

“Birinchi partiya – bu sinov bo‘lib, uning doirasida “Agroekspress” texnologiyasini tekshirib ko‘rish, barcha rasmiy jarayonlarni qisqartirish rejalashtirilgan. Kelajakda ushbu yo‘nalishda doimiy yuk tashishni yo‘lga qo‘yiladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, "Agroekspress" loyihasini tashkil qilish bo‘yicha shartnoma 2021-yiling iyun oyida RJD va O‘zbekistonning Uzagrologistics Centers kompaniyasi orasida imzolangan edi. Unga ko‘ra qishloq xo‘jalik mahsulotlari Rossiya va O‘zbekiston orasida imkon qadar tezroq (5 kundan uzoq bo‘lmagan muddatda) harakatlanishi uchun “yashil yo‘lak” tashkil etiladi.
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi “Agroekspress” noyabr oyida yo‘lga qo‘yiladi