Rossiya-O‘zbekiston: Potr Fodorov o‘zbek xalqining oltin yuragi va xalqlar do‘stligi haqida

Potr Fodorov II Rossiya-O‘zbekiston mediaforumida so‘zga chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi (VGTRK)ning xalqaro aloqalar direksiyasi rahbari Potr Fodorov II Rossiya-O‘zbekiston mediaforumida so‘zga chiqdi.
Dmitriy Kiselov O‘zbekistonda so‘z erkinligi haqida gapirdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘p narsa o‘zgardi, lekin bir narsa o‘zgarmadi – ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining oltin yuragi. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston nafaqat Rossiyadan, balki Ukraina, Belarus va boshqa Boltiqbo‘yi davlatlaridan qochoqlarni qabul qildi.
Ammo eng ta’sirli narsa: ehtimol bu bironta ham bolalar uyi paydo bo‘lmagan yagona respublika, chunki sizning ayollaringiz Leningrad, Kiyevdan kelgan ota-onasi va uyidan ayrilgan baxtsiz bolalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri vokzaldan olib ketishgan.
Buni hech qachon unutib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston va Rossiya bir necha milliard dollarlik bitim imzoladi
"1966 yil Toshkentda zilzila bo‘lganda men 13 yoshda edim. Bir yarim oydan so‘ng lagerdagi “lineyka” vaqtida bizga bu haqda xabar berildi. O‘sha vaqtda oromgohlarimizga Toshkentdan bolalar kelishdi. Kiyimlarni berdik, bolalar davolana boshladi, ko‘p o‘tmay qizlarimiz o‘zbekcha sochni mayda o‘rashni o‘rganishdi. Bizni, o‘g‘il bolalarni esa futbol birlashtirdi - o‘shanda afsonaviy "Paxtakor" cho‘qqida edi.
Men uchun bu jonli faktlar. O‘zbekiston bilan bog‘liqlik samimiy va u menda yashamoqda, aminmanki - forumimizning maqsadi shu: bu Rossiya va O‘zbekiston yoshlarida yashashni davom etishi kerak va biz o‘zimiz suyangan o‘tmishimizni – kelajakka o‘tkazishimiz kerak", - dedi Fodorov.