Toshkent viloyati ayrim hududlari "svetsiz" qoldi

Toshkent viloyatining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda
Sputnik
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Bugun, 17-noyabr kuni soat 17:10 larda Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi “Xaskovo” podstansiyasida qisqa tutashuv natijasida o‘chish sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Energetik uyg‘unlik: O‘zbek-qirg‘iz elektr energiya tizimlari qanday ishlaydi
Buning natijasida Toshkent viloyatining Zangiota, Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontahur tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minoti uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasining avariyaga qarshi maxsus brigadalari tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida yakunlanadi va elektr energiyasi ta’minoti tiklanadi.