O‘zbekiston rossiyalik investorlar uchun barcha zaruriy sharoitlarni yaratib beradi – Mirziyoyev

Moskvada O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida II mintaqalararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvada bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida II mintaqalararo hamkorlik forumi ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning, ayniqsa, Moskva, Sankt-Peterburg, Tatariston, Oltoy o‘lkasi, Novosibirsk, Astraxan, Samara i Chelyabinsk viloyatlari bilan izchil hamkorligi kuzatilmoqda.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6 milliard dollardan oshgan. O‘zbekistondagi Rossiya investitsiyalari 10 milliard dollardan oshadi, va bu ko‘rsatgich izchil o‘sishda davom etadi.
Rossiya korxonasi O‘zbekiston qog‘oz sanoatiga $ 42 mln sarmoya kiritdi
O‘zbekiston rossiyalik investorlar uchun barcha zaruriy sharoitlarni yaratib beradi. Gap avvalo metallurgiya, energetika, kimyo neft, farmatsevtika sohasi haqida bormoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasida ham ikki mamlakat hamkorlikni rivojlantirishda davom etadi. O‘zbekiston seleksiya sohasida yangi agrotexnologiyalar va qo‘shma dasturlarni keng joriy etishdan manfaatdor.
Joriy yil aprel oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan “Innoprom” ko‘rgazmasi natijasida mamlakatlar 21 ta bitim imzolashdi. “Innoprom” ko‘rgazmasi har yili mintaqaviy formatda o‘tkaziladi.
Putin: Rossiya - O‘zbekiston uchun asosiy xorijiy investorlardan biridir