O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki sotish taqiqlanishi mumkin

Yangi qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishning yosh chegarasini 20 yoshdan 21 yoshgacha ko‘tarish rejalashtirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanishi mumkin. Deputatlar qonun loyihasini ma’qullashdi.
Xalq demokratik partiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risidagi qonun loyihasi qizg‘in tortishuvlar asosida muhokama qilingan.
Ma’lum qilinishicha, qonun avvalo, yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarning sog‘lig‘ini alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning zararli ta’siridan himoya qilish maqsadida qabul qilinmoqda.
Qonun loyihasini ishlab chiqishda bir qator xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan: AQSh, Qozog‘iston, Turkmaniston, Indoneziya va Hindiston. Bu mamlakatlarda 21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki sotish taqiqlanadi.
O‘zbekistonda elektron sigaretani taqiqlash taklif qilinmoqda