Namanganda sobiq "uchastkovoy"ga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Namangan shahar IIB sobiq profilaktika inspektoriga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Sputnik
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Namangan shahar IIB sobiq profilaktika inspektori S.O. boshqa fukarolarning nomiga olingan jami 81,4 mln. so‘m kredit mablag‘larini talon-taroj qilganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Reydda aniqlangan ishratxona: shaxsiy yozishmalarda tarqalgan holat yuzasidan ma’lumot berildi
Gumonlanuvchi turli baxonalar bilan tergovga kelishdan bosh tortib, yashiringanligi sababli, unga nisbatan sirtdan ayb e’lon qilinib, 13-noyabr kuni sudining ajrimi bilan “qamoqqa olish” extiyot chorasi qo‘llanilgan va unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 14-noyabr kuni ayblanuvchi ushlanib, himoya huquqlari ta’minlangan holda tergovga jalb qilingan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.