TOShKENT, 15 noya – Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari ishtirokida “Hamkorlik-2021” qo‘shma mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.
Mashg‘ulotlar Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi poligonda 17-noyabrdan 24-noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
“Qo‘shma mashg‘ulotlar maqsadi – vazifalarni birga hal qilish chog‘ida ikki qardosh davlat qurolli kuchlarining mosligi va birgalikdagi harakati darajasini oshirish”, - deyilgan Qozog‘iston Mudofaa vazirligi xabarida.
Mashg‘ulotlarda yuzdan ziyod harbiy xizmatchilar qatnashadi. Su-30SM qiruvchilari, S-295 harbiy-transport samolyotlari hamda taktik uchuvchisiz uchar qurilmalari jalb qilinadi.
Harbiylar o‘zlarining qidiruv-razvedka ishlarini olib borish mahoratlari namoyish etishadi, dushmanning ilg‘or otradlarini yo‘q qilishda jangovar qo‘riqlash xatti-harakatlarini yaxshi o‘rganib olishadi.
Bundan tashqari, ular noqonuniy qurolli guruhlarning hujumini qaytarish va ularni yo‘q qilish malakalarini oshirishadi. Jang maydonida yaralanganlar va ishdan chiqqan texnikalarni olib chiqish ko‘nikmalarini mustahkamlashadi.
Avvalroq Qozog‘istonda “Qalqon-2021” o‘zbek va qozoq harbiylari ishtirokidagi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tgan edi.