Misrda chayonlar bir kunda besh yuzdan ortiq kishini chaqdi

Misr janubidagi Asuan viloyatida chayonlar hujumi kuzatildi. Bunga noodatiy ob-havo sabab bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Misr janubidagi Asuan viloyatida chayonlar chaqishidan bir kunda 500 kishi jabrlangan.
Asuanda shanba kuni kuchli yomg‘ir, jala va do‘l yog‘ishi kuzatilgan. Bunday ob-havo ushbu hudud uchun noodatiy hisoblanadi. Besh uy zararlagan. Tabiiy ofat mamlakatning boshqa qator janubiy hududlariga ham kuzatilgan.
Mamlakat SSV kuchli yomg‘ir sabab chayonlar ini zarar ko‘rganini ma’lum qildi, shu bois ular aholi turar joylari yaqinida paydo bo‘lib qolishgan.
“Asuanda 503 fuqaro chayon chaqishiga qarshi dori oldi... chayon chaqishidan vafot etganlar yo‘q”, - deyiladi RIA Novostiga kelib tushgan xabarda.
Qayd etilishicha, chayon chaqqan barcha fuqarolarga kasalxonadan javob berilgan.
Misr SSV fuqarolardan chayon chaqqan taqdirda so‘ng zudlik bilan shifokorga murojaat qilishni so‘ragan.
Misr - semiz dumli chayonlar (Androctonus crassicauda) vatani hisoblanadi. Bu dunyodagi eng xavfli chayon turidir. Chayon chaqishi alomatlari – chaqqan joydagi kuchli og‘riq, zaharlanishga o‘xshash alomatlar – yuqori harorat, qayt qilish, ich ketishi va boshqalar.
Braziliyada chaqaloq zaharli chayon yetti marta chaqqandan keyin omon qoldi