"Yilning eng yaxshi tadbirkori"ga 27 mln so‘m miqdorida mukofot beriladi

"Yilning eng yaxshi tadbirkori" davlat mukofoti ta’sis etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston savdo sanoat palatasi Prezidentning “Yilning eng yaxshi tadbirkori” davlat mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasini tayyorladi.
Loyiha tadbirkorlarga motivatsiya berish uchun ularni rag‘batlantirish tizimini joriy etish, har yili “Yilning ilg‘or tadbirkorlari” kitobini chop etib borish, tadbirkorlarni munosib taqdirlash va rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofotlarini ta’sis etish nazarda tutadi.
Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati qayta tiklandi
Xususan, loyiha bilan “Yilning eng yaxshi tadbirkori” davlat mukofotini ta’sis etish taklif etilmoqda.
Shuningdek, “Yilning eng yaxshi tadbirkori” davlat mukofoti bilan taqdirlangan biznes vakillariga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik ustama mukofot puli to‘lanishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, loyiha bilan Savdo-sanoat palatasiga “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, ya’ni “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi yuklanmoqda.