TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev rejani ortig‘i bilan bajarib, 10 soatda 110 kishining sochini oldi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Har bir soch turmagi - o‘ziga xos uslubda bajarildi. Usta o‘z ishini tanaffussiz va tushliksiz amalga oshirdi.
Tadbir O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi ko‘magida bugun, 13-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston sartaroshlar uyushmasi hakamlar hay’ati jarayonni kuzatib bordi.
Shuhrat Ismatillayev 28 yoshda. Professional doiralarda u sartaroshlik bo‘yicha xalqaro chempionatlarning g‘olibi sifatida tanilgan.
Usta ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan videolari tufayli shuhrat qozondi. Ularda Ismatillayev odamlarni noodatiy joylarda – masalan, Namangan shahrida ko‘chada soch oladi.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda Shuhrat Ismatillayev o‘z faoliyatini Yangiyo‘l tumanidagi go‘zallik salonlaridan birida boshlaganini aytdi. Bir yil o‘tgach esa u kasb mahoratini oshirish uchun Sankt-Peterburgga boradi. Ismatillayev 2018-yilning oxirigacha Rossiyada yashab, mehnat qildi.
Rossiyalik ustalaridan dars olib, u o‘zining birinchi xalqaro g‘alabalarini qo‘lga kirita boshladi. Hozir Shuhrat o‘zi shogirt tayyorlamoqda.
"Men bu haqda uzoq o‘yladim va Ginnesc rekordini o‘rnatishga qaror qildim - o‘n soat ichida 100 kishini sochini olish. Men yaqinlarim, vatanim men bilan faxrlanishini xohlayman", - dedi u.