Olov bilan o‘ynashish: Rossiya Qora dengizda harbiy faollik kuchayganini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengizning shimoli-g‘arbiy va markaziy qismlari ustida AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari samolyotlari parvozini qayd etdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Rossiya Qora dengizdagi vaziyatdan xavotirda. So‘nggi kunlarda Rossiya Mudofaa vazirligi AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlarining yuqori harbiy faolligini qayd etdi.
Idora xabariga ko‘ra, avvalo dengiz-harbiy kuchlari, havo va dengiz razvedka vositalari hamda strategik aviatsiya xatti-harakatlari o‘sgan.
“Rossiya HKK qo‘shinlarining zenit raketalarining radiolokatsion vositalari tomonidan NATOning to‘rtta razvedkachi samolyoti aniqlanib kuzatib borildi”, - deyiladi xabarda.
Rossiya vazirligi Qora dengizning shimoli-g‘arbiy va markaziy qismlari ustida U-2S, RC-135 razvedkachilari va ikkita P-8A Poseidon patrul samolyotlari parvozlarini payqagan. Bundan tashqari, “soat 12 dan 15 ga qadar Buyuk Britaniya HHKning RC-135 razvedkachi samolyoti Qrim yarim orolining janubi-g‘arbiy hududidagi Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasiga yaqinlashishga uringan”.
"Kuch ko‘rsatish": ekspert AQShning Qora dengizdagi harakatlariga izoh berdi
Ularning xatti-harakatlarini nazorat qilish maqsadida Rossiya HKKning Su-30 qiruvchi samolyoti havoga ko‘tarilgan. U Rossiya chegarasidan 30 kilometr uzoqlikdagi masofada Britaniya samolyotiga yaqinlashgan, shundan so‘ng razvedkachi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan.
Rossiya hukumati yuzaga kelgan vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi. Prezident Vladimir Putin Qora dengizda AQSh kemalari bo‘lishidan xavotirda, deya ma’lum qildi davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Bu (Qo‘shma Shtatlarning Qora dengizdagi harakatlari. – Sputnik ) mutlaqo uning xavotiriga sabab bo‘lmoqda, va u bu haqda aytdi”, - dedi Kreml vakili tegishli savolga javob berayotib.
Rossiya TIV ham vaziyat yuzasidan munosabat bildirdi.
“Biz haqiqatdan Qora dengiz hududida ro‘y berayotgan narsalardan xavotirdamiz, bu Qo‘shma Shtatlar va ularning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari va bu davlatlarning mintaqadagi ayrim mijozlari amalga oshirayotgan to‘xtamayotgan ig‘volar navbati”, - dedi Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkov.
G‘arblik hamkasblar mantiqqa beparvolik bilan qarashayotganini qayd etishga to‘g‘ri kelmoqda, deb qo‘shimcha qildi u.
“O‘zining joyidan ming milyalarcha uzoqlikdagi Qora dengizda Amerika kemalari nima qilyapti? Hech qanday tushuntirish ish bermaydi. Bularning bari – olov bilan o‘ynashish, bu mustahkamligimizni sinashning galdagi urinishi”, - dedi Rabkov.
Shu bilan birga Rossiya mudofaasi ishonchli, Moskva bu niyatlarni yaxshi bilib turibdi va javob qaytarishga tayyor, deya qo‘shimcha qildi Sergey Rabkov.
Avvalroq Qora dengizga AQSh oltinchi floti Mount Whitney flagmani va Porter esminetsi harbiy mashg‘ulotlar uchun kelgandi. Rossiya Mudofaa vazirligi u yerda Amerika kemalarining bo‘lishiga munosabat bildirib, ularning xatti-harakatlarini nazorat qilishayotganini ma’lum qilgandi. Idora AQSh Rossiya chegarasi yaqinida harbiy guruhni tuzishga urinmoqda deb hisoblaydi. Vashington maqsadlaridan biri – Ukrainani harbiy o‘zlashtirish. Rossiya Mudofaa vazirligi Shtatlar Donbassdagi mojaroni kuch bilan hal etishga to‘g‘ri kelgan taqdirda vaziyatni o‘rganishmoqda deb hisoblaydi.
"Qonunni aldab": AQSh Qora dengizda o‘rnashib olish yo‘lini topdi