TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlari ayrim hududlarida ta’mirlash ishlari tufayli tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mirzo Ulug‘bek tumanida 11-noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Ustabayeva, Turon, Jasorat, Sho‘rtepa ko‘chalaridagi 425 ta xonadonda hamda ushbu manzildagi barcha ulgurji iste’molchilarida gaz bo‘lmaydi.
Shuningdek, Yakkasaroy tumani soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Bog‘ibo‘ston, 2-berk S. Nasafiy, Xushtepa, Yakkasaroy, ko‘chalaridagi 208ta yerli, U. Nosir ko‘chasidagi 30 ta ko‘p qavatli uydagi 660 ta xonadonda hamda ushbu manzillardagi 25 a ulgurji iste’molchilarda gaz o‘chiriladi.
Yashnobod tumanida soat 11:00 dan 17:00 gacha Maxtumquli ko‘chasidagi 14 ta ko‘p qavatli uylardagi 1008 ta xonadonlarda hamda ushbu manzildagi barcha ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Xabarda ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishi qo‘shimcha qilingan.