TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Afg‘onistondan tarqalayotgan asosiy xatar terrorizm bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Dehlidagi uchrashuv yakunida ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, hozir Afg‘onistonda 20 tadan ziyod terrorchilik tuzilmalari faoliyat yuritadi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibining ma’lumotlariga qaraganda, Afg‘onistondagi terrorchilar soni 23 ming nafardan oshadi.
Nyu-Dehlida 10-noyabr kuni Afg‘onistondagi xavfsizlik masalalariga oid Dehli mintaqaviy muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari qatnashdi.