TOShKENT, 10 noya – Sputnik. O‘zbekistonda noyabr oyidagi sabzining narxini 2021-yil iyun oyi bilan taqqoslaganda 4-5 barobargacha tushgan. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlikning prognozlariga ko‘ra, 2022-yil bahorida kutiladigan yangi hosilga qadar sabzining narxi shu darajada saqlanib qoladi.
Ma’lum qilinishicha, 20-iyun holatiga ko‘ra, 1 kg sabzining o‘rtacha chakana narxi 6-10 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda (2021 yil oktabr-noyabr) 2 ming so‘mgacha tushgan. Dalaning o‘zidagi o‘rtacha xarid narxi esa 1 kg sabzi uchun 1-1,5 ming so‘m atrofida.
Joriy yil barcha toifa xo‘jaliklarida sabzi jami 124,4 ming gektar (o‘tgan yilga qaraganda, 18,2 ming gektarga ko‘p) maydonda ekildi.
2021 yilda yetishtirilgan 2 mln tonnadan ortiq hosildan (o‘rim-yig‘im ishlari davom etapti) asosiy qismi ichki bozor ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilmoqda.