Sobiq Ittifoq davlatlari orasida kim eng ko‘p vaksina olgan?

Aholisi eng ko‘p vaksina olgan davlatlar Boltiqbo‘yi respublikalari, ikkinchi o‘rinda - Qozog‘iston va Ozarbayjon.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Sobiq Ittifoq respublikalari orasida aholisi eng ko‘p vaksina olgan davlatlar - Boltiqbo‘yi respublikalari ekan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra Litva, Estoniya va Latviya aholisining 56 - 65 % emlangan. Bunga sabab - ushbu respublikalarda davlat ishchilari, xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari uchun emlash majburiy deb belgilangan. Undan tashqari emlanishdan voz kechgan xodimlarni ishdan bo‘shatishga ruxsat berilgan.
Emlanish darajasi yuqori bo‘lsa-da Boltiqbo‘yi respublikalarida koronavirusdan davolash yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Umuman ushbu davlatlarda tibbiyot ahvoli yaxshi emas, shifokorlar yetishmaydi. Bu yerda COVID-19dan o‘lim holatlari Yevropa bo‘yicha eng yuqoridir.
Tempi vaksinatsii v stranax blijnego zarubejya
Ikkinchi o‘rinda - Ozarbayjon va Qozog‘iston respublikalari. Bu yerda aholining 50%dan ortig‘i emlangan.
Rossiya uchinchi qatordan o‘rin olgan - 34,4 %.
O‘zbekistonda - 21 %dan ortiqroq, lekin aytish joizki bu to‘liq emlanganlar soni. O‘zbekistonda aholining asosiy qismi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlangan. Ushbu vaksina 3 komponentlidir. Ya’ni emlash uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston hukumati 2021-yil oxiriga qadar aholining 80 %ini kamida bitta vaksina bilan emlashri rejalashtirgan. Bugungi kunda ushbu ko‘rsatgich 69,1 %ni tashkil qilmoqda.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, kollektiv immunitet paydo bo‘lishi uchun aholining kamida 70% emlangan bo‘lishi kerak.