TOShKENT, 9 noya – Sputnik. Xitoylik onkolog olimlar saraton xastaligini toksoplazma paraziti yordamida davolash usulini topishdi. Bu haqda “Journal for ImmunoTherapy Cancer” nashri e’lon qildi, deya yozadi O‘zbekiston SSV matbuot xizmati.
Unda aytilishicha, mazkur parazit uy egasi hujayralarida yashaydi va o‘zidan ko‘p miqdorda inson immunitetini himoya qiluvchi oqsillar chiqaradi.
Tajriba davomida parazitning mutant shtammi inyeksiya tarkibida sichqonlarning saraton hujayralariga immun reaksiyasini qo‘zg‘atmasdan kiritilgan. Shundan so‘ng neoplazmalarning o‘sish jarayoni sekinlashib, kemiruvchilarning omon qolish darajasi oshgani kuzatilgan.
Shifokorlar bu usul prostata saratoni va bolalarda uchraydigan ko‘plab o‘sma xastaliklarini davolashda qo‘l kelishi mumkinligiga umid qilishmoqda.
Avvalroq rossiyalik shifokor saraton rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni sanab o‘tgan edi.