TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘sh shahrida Qirg‘iziston janubidagi “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy”* diniy-ekstremistik tashkilotining yetakchisi qo‘lga olindi, deb xabar qildi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
Zaderjanniy
© Press-slujba GKNB
Qayd etilishicha, bu yashirin ekstremistik tarmoqni tashkil etishda gumonlanayotgan Sh.Sh. - xorijiy davlat fuqarosi. O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari uni qidirgan.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lum qilishicha, u ekstremistik guruhning O‘zbekistondagi faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan. Shuningdek, maxsus xizmat hibsga olingan shaxs va uning hamtavoqlari Qirg‘izistonning janubiy viloyatlarida tashkilot tuzilmalarini yaratish va mustahkamlash bo‘yicha yashirin faoliyat bilan faol shug‘ullanganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Sh.Sh.Qirg‘iziston Respublikasida qalbaki hujjat bilan yashirinib yurgan, deb xabar berdi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.
Qo‘lga olingan shaxs hibsga olindi, tergov harakatlari olib borilmoqda.
* Rossiya va qator davlatlarda faoliyati taqiqlangan ekstremistik tashkilot.