Koson tumanida transformator yonib ketdi

Qashqadaryo viloyati Koson tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Pudina” MFY “Ziyoratgoh” ko‘chasida joylashgan transformatorda yong‘in sodir bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. FVV ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo viloyati Koson tumanida katta yong‘in sodir bo‘lib turibdi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berdi.
Toshkent davlat texnika universiteti hududida yong‘in ro‘y berdi
9 noyabr kuni soat 18:34 da Qashqadaryo viloyati Koson tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Pudina” MFY “Ziyoratgoh” ko‘chasida joylashgan transformatorda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:49 da voqea joyiga yetib borgan, transformator hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan elektr tarmog‘idan uzilgandan so‘ng yong‘in soat 19:22 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.