Navoiy viloyati hokimi ishdan olindi

Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Qobul Tursunov Navoiy viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. O‘zbekiston prezidenti tegishli farmonga imzo chekdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qobul Tursunov 2016-yil 25-dekabrdan beri Navoiy viloyati hokimi vazifasida ishlab ishlab kelayotgan edi.
Prezidentning boshqa farmoni bilan Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Normat Tursunov bunga qadar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Doniyor Rustamov AKT vaziriga yangi o‘rinbosar etib tayinlandi
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunovga hayfsan bergan edi. Agar, chorak yakunigacha viloyatda ijobiy o‘zgarish bo‘lmasa, ishdan ketishini ma’lum qilgan edi.