TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Kosta-Rika 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashni majburiy qilgan dunyoda birinchi mamlakat bo‘ldi, deb yozadi RIA Novosti.
“Bolalar va o‘smirlarning manfaatlarini ta’minlash tamoyiliga muvofiq <...> Emlash va epidemiologiya bo‘yicha Milliy komissiya barcha voyaga yetmaganlar uchun koronavirusga qarshi emlash majburiy bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qildi”, - deyilgan mamlakat SSV bayonotida.
Kosta-Rika 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlashni 2022-yil mart oyida boshlashni rejalashtirgan. Mamlakat SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 12-19 yoshdagi o‘smirlarning 73 foizi allaqachon kamida bitta doza bilan emlangan. Hukumat bolalarni emlash uchun Pfizer vaksinasining to‘rt millioncha dozasini xarid qiladi.
Rossiyada ham 12-17 yoshdagi o‘smirlar uchun “Sputnik V” vaksinasining tadqiqotlari o‘tkazilmoqda. Tadqiqotlar bu vaksina bilan ikki marta emlanish yaxshi hujayra immunitetini shakllantirishga qodirligini ko‘rsatgan. Preparat o‘zining xavfsizligini ko‘rsatgan.
O‘zbekistonda 4-noyabr holatiga ko‘ra, 254 017 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlangan.